AsosiyJamiyat

Samarqandda profilaktika inspektoriga pora berishga uringan shaxs qo`lga olindi

'Samarqandda profilaktika inspektoriga pora berishga uringan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

27 mart kuni soat 01:00lar atrofida Qo`shrabot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`linmasi tayanch punktlari inspektori “Sohibkor” MFY hududida bo`ylab shubhali tarzda harakatlanib kelayotgan “Tiko” rusumli avtomashinaga “to`xtash ishorasi”ni berganida, avtomashina xodimning qonuniy talabiga bo`ysunmay, qochib ketgan, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.

Profilaktika inspektor avtomashinani kuzatib borganida, haydovchi avtomashinasini to`xtatib, qochib ketgan. Haydovchini orqasidan ta`qib qilib borib, uni ushlab, shaxsiga aniqlik kiritilganida u, Qo`shrabot tumani “Boypo`shli” MFYda yashovchi, 1979 y.t. N.A. ekanligi, aniqlangan.

Fuqaro spirtli ichimlik iste`mol qilganlikda gumon qilinib, tuman Tibbiyot birlashmasining narkolog ko`rigidan o`tkazilganida, 0,549 mg. miqdorida spirtli ichimlik iste`mol qilganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borish davomida, ushbu fuqaro sodir etgan ma`muriy huquqbuzarlik holatini qonuniy rasmiylashtirmaslik va belgilangan jarimani qo`llamaslik uchun profilaktika inspektoriga 100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida berishga uringan.

Unga qilayotgan harakatlari noqonuniy ekanligi, pora berish, olish, jinoyat ekanligi har qancha tushuntirilishiga qaramasdan, 100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida berishga uringan.

Profilaktika inspektori holat yuzasidan viloyat IIB boshlig`i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan.

Mazkur bildirgi asosida, IIV O`XB Samarqand viloyati bo`yicha bo`limi va Qo`shrabot tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazilib, A.N. profilaktika inspektoriga 1.000.000 so`m miqdordagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Boshqa yangiliklar