O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha iliq va asosan quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 17-22° iliqgacha isiydi.
Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Biroz shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-22° iliq atrofida bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliq bo`ladi.






