AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida YPX xodimini tosh bilan qo`rqitmoqchi bo`lgan haydovchi qamaldi

'Toshkent viloyatida YPX xodimini tosh bilan qo`rqitmoqchi bo`lgan haydovchi qamaldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "GAIni duxini sindirish bo`yicha master klass" sarlavhasi ostida video lavha tarqalgach,  holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilayotganligi haqida xabar qilgan edik.

Holat yuzasidan to`plangan hujjatlar kecha, 2 aprel kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Qibray tuman sudida ko`rib chiqildi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qildi. 

Fuqaro A.S. O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deya topilib, unga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar