AsosiyJinoyat

Farg`onada IIB xodimiga pora bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Farg`onada IIB xodimiga pora bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

26 mart kuni fuqaro B.I Farg`ona viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi Marg`ilon bo`linmasi JQG katta tezkor vakili Sh.H.ga murojaat qilib, o`ziga nisbatan to`plangan hujjatlar yuzasidan chora ko`rmaslik evaziga 150 AQSh miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Fuqaro I.B.ga Farg`ona viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi Marg`ilon bo`linmasi JQG katta tezkor vakili Sh.H tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, fuqaro pora taklif qilishda davom etgan.

Holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi, IJQK Departamentining Bag`dod tuman bo`limi xodimlari hamda Farg`ona viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro B.I. Farg`ona viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi Marg`ilon shahar bo`linmasi JQG katta tezkor vakili Sh.H.ga 100 AQSh dollari va 500.000 so`m miqdoridagi pullarni Bag`dod tumanida markazida joylashgan Furqat temir yo`l bekatida pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Bag`dod tumani prokuraturasiga yuborildi.

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar