Moskvada amaliy tashrif doirasida, Markaziy Osiyo xalqaro instituti delegasiyasi jahon ekspertlar hamjamiyatida yuksak mavqeiga ega yirik tahlil markazlari bilan qator shartnoma va kelishuvlarga erishdi.
Xususan, Institut direktori A. Nasirov va Moskva davlat universiteti huzuridagi Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti, Moskva davlat universiteti qoshidagi Postsovet hududida ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni o`rganish markazi, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti Xalqaro tadqiqotlar instituti Sharqiy Osiyo va ShHT tadqiqotlar markazi o`rtasida hamkorlik Shartnomalari imzolandi.
Shartnomada siyosiy, iqtisodiy, suv va atrof-muhit, tarixiy-madaniy va gumanitar sohalarda tadqiqotlar olib borish nazarda tutildi. Institutlar mutaxassislari o`rtasida qo`shma forumlar, seminarlar, muloqot anjumanlari, “davra suhbatlari”, brifinglar, maslahatlashuvlar tashkil etish ko`zda tutilgan.
Bundan tashqari, Rossiya strategik tadqiqotlar instituti direktori M.Fradkov bilan uchrashuv chog`ida, institut vakillarining “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik.Tahdidlar va imkoniyatlar” Toshkentda yuqori darajali xalqaro anjumanda ishtiroki bo`yicha suhbatlashildi.
Xulosa o`rnida, 2020 yil O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti asosiy faoliyat yo`nalishlaridan biri- qo`shma tadqiqot dasturlari va loyihalarini, jumladan etakchi xorijiy muassasalar va mutaxassislar ishtirokida o`tkazishdan iborat.