AsosiyJamiyat

45 foiz Jizzax viloyati xalq ta`limi rahbar xodimlari baholash sinovidan o`ta olmadi

'45 foiz Jizzax viloyati xalq ta`limi rahbar xodimlari baholash sinovidan o`ta olmadi'ning rasmi

Jizzax viloyatida 29 nafar tuman va shahar xalq ta`limi bo`limlari boshqaruv xodimining ish faoliyatini baholash jarayoni amalga oshirildi.

Xalq ta`limi vazirligining xabar berishicha, baholash natijalariga ko`ra, 13 nafar (44,8 %) xodim baholash jarayonidan o`ta olmadi, qolganining natijasi ijobiy bo`lgan.

Avvalroq Toshkent  Sirdaryo viloyatida  o`tkazilgan baholash jarayoni o`tkazilib natijalar e`lon qilingan edi. 

Baholash natijalari salbiy bo`lgan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ikki haftadan so`ng bekor qilinib, ularga mutaxassisligi va malaka darajasiga mos boshqa lavozimlar taklif qilinadi.

"Navbatdagi baholash jarayoni Samarqand viloyatida o`tkazildi, uning natijalari bilan yaqin kunlarda tanishishingiz mumkin" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar