SSV Matbuot xizmatining bu savoliga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o`rinbosari Botir QURBONOV javob berdi.
— Koronavirusni yuqtirish holati bolalarda ham uchramoqda, ammo nega ularni emlash tavsiya etilmayapti?
— Bolalar o`rtasida ham kasallanish holatlari kuzatilayotgan bo`lsa-da, dunyo olimlari, nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yaratilayotgan vaksinalar bolalar o`rtasida foydalanish mumkinligi hozircha tasdiqlanmagan.
Ayni paytgacha tayyor bo`lgan yoki JSST tomonidan favqulodda holatlarda foydalanishga ruxsat etilgan vaksinalar bilan bolalarni emlash hozircha ko`zda tutilmagan. Shuning uchun 1 apreldan boshlangan emlash tadbirlarida 18 yoshgacha bo`lgan bolalarni emlashga tavsiya etilmayapti.






