Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg`om tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
ATB “Agrobank” Go`zalkent filiali mansabdor shaxslari ta`minotchi korxona “G.Ch.” fermer xo`jaligi rahbari bilan oldindan til biriktirib, “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan mablag`lar hisobidan fuqaro G.Yu. va boshqalar 241,8 mln so`mlik naslli chorva mollarini olganligi to`g`risida soxta kredit hujjatlarini rasmiylashtirib, davlatning maqsadli kredit mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






