AsosiyJamiyat

Innovasiyalarni joriy qilish bo`yicha Milliy ofis tashkil etildi

'Innovasiyalarni joriy qilish bo`yicha Milliy ofis tashkil etildi'ning rasmi

“Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovasion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish  chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori  qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi negizida davlat muassasasi shaklidagi Innovasiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi (Milliy ofis) tashkil etildi.

Milliy ofis ilmiy faoliyat natijalari, innovasion mahsulotlar va xizmatlar, shu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda texnologiyalarni yaratish, joriy etish, ko`paytirish va ularni tijoratlashtirishni amalga oshiradi.

 Milliy ofis bosh direktori innovasion rivojlanish vazirining taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

 Qaror bilan shuningdek, Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovasion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

    Boshqa yangiliklar