AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 1 maydan vazirlik va idoralarning rahbar o`rinbosarlari soni qisqartiriladi

'O`zbekistonda 1 maydan vazirlik va idoralarning rahbar o`rinbosarlari soni qisqartiriladi'ning rasmi

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ-5053-son, 03.04.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 maydan davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha maqbullashtiriladi.

Jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy bo`linmalarida jami 5288 ta shtat qisqariladi.

Shuningdek, vazirlik va idoralarning rahbar o`rinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilib, uning barcha vazifa, funksiya va vakolatlarini Moliya vazirligiga berildi.

2021 yil 1 sentyabrgacha xodimlarning eng muhim samaradorlik ko`rsatkichlariga (KPI) erishilganligi natijalarini baholash uchun maxsus dastur ishlab chiqilib davlat organlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar