Jizzax viloyati prokuraturasi 2020 yilning avgust oyida IIB xodimining vafot etgani bilan bog`liq ma`lumotga oydinlik kiritdi.
Ma`lum qilinishicha, 2020 yil 29 avgust kuni soat taxminan 09-40 larda Do`stlik tuman IIB ma`muriy binosining nazorat o`tkazish punktida xizmatga jalb qilingan tuman IIB xodimi bo`lgan marhum Sh.B o`ziga biriktirilgan “Makarov” nomli 7230-raqamli jangovar qurol bilan ko`krak qismiga bir marotaba o`q uzib, tan jarohati olganligi sababli tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ko`rsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan, Sh.B soat 10-30 larda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.






