Vaksinasiyaning uchinchi kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 9551 nafar fuqaro emlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi rahbari telegram kanalida xabar berildi.
Vaksina olganlarning 3441 nafarini 65 yoshdan yuqori fuqarolar va 6110 nafarini tibbiyot xodimlari tashkil qildi.
3 aprel kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Toshkent shahri (2105 nafar),
- Namangan viloyati (1189 nafar),
- Buxoro viloyati (1166 nafar),
- Andijon viloyati (1083 nafar),
- Toshkent viloyati (844 nafar) band qildi.
Eslatib o`tamiz, shu yilning 1 aprel kuni 5018 nafar, 2 aprel kuni 9211 nafar fuqaro emlangan edi.
Emlash jarayonlari davom etadi.






