Joriy yilning 3 aprel kuni soat 15:40larda, Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Karnaychi MFY hududidan o`tgan "A-373 M-39" avtomobil yo`lining 407-kilometrida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
1) haydovchi, 1980 yilda tug`ilgan Z.I. boshqaruvidagi "Kobalt" rusumli;
2) haydovchi, 1995 yilda tug`ilgan X.Q. boshqaruvidagi "Neksiya-3" rusumli;
3) haydovchi, 1991 yilda tug`ilgan A.X. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli;
4) haydovchi, 1989 yilda tug`ilgan A.S. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
Natijada, "Kobalt" rusumli avtomobil haydovchisi Z.I. hamda "Damas" rusumli avtomobil yo`lovchisi M.A.larga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to`qnashuv sabablariga oydinlik kiritilmoqda.






