“Ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish bo`yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-6198-son, 01.04.2021 y.) qabul qilindi.
Farmon bilan Innovasion rivojlanish vazirligining asosiy vazifalari hamda 2021-2022 yillardagi ustuvor faoliyat yo`nalishlari belgilandi.
Farmonga muvofiq, hududlarda ilmiy va innovasion faoliyatni rivojlantirish maqsadida Vazirlik tizimida Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlar innovasion rivojlanish boshqarmalari tashkil etildi.
Shuningdek, Innovasion rivojlanish va novatorlik g`oyalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi unga Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini tijoratlashtirish Prezident jamg`armasi va Yoshlar akademiyasining iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasini qo`shib olish yo`li bilan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovasiyalarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi etib qayta tashkil etildi.
Bundan tashqari, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda innovasion hududga aylantirilayotgan tumanlar ro`yxati (13 ta, ulardan biri viloyatimizning Oltinsoy tumanidir) tasdiqlandi.
OTMning ilmiy va innovasion faoliyatini baholash tizimi joriy qilinadi.
Shunga ko`ra, har yil yakuni bo`yicha ilmiy tashkilotlarning hamda har o`quv yili yakuni bo`yicha OTMning ilmiy va innovasion faoliyati baholanadi.
Baholash natijalariga ko`ra, OTM va ilmiy tashkilotlar rahbarlariga nisbatan rag`batlantirish yoki intizomiy jazolarni qo`llash haqida tegishli vazirlik va idoralarga taqdimnoma kiritiladi.






