Rossiya hukumati qator davlatlardan bo`lgan talabalar RF hududidagi oliy ta`lim muassasalarida o`qishni davom ettirish uchun mamlakatga kelishiga ruxsat berdi. Bu haqda Rossiya Fan va oliy ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, RF hukumatining 31 mart kuni qabul qilingan farmoyishiga ko`ra, O`zbekiston, Tojikiston, Venesuela, Germaniya, Suriya va Shri-Lankadan bo`lgan talabalar, aspirantlar, ordinator va tayyorlov fakultetlari tinglovchilari o`qishni davom ettirish uchun Rossiyaga qaytishi mumkin bo`ladi.






