O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18° iliq atrofida bo`ladi.
Poytaxtimizda 🌦ertalab yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15° iliq bo`ladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida 🌦yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko`chshi xavfi bor. Tog` oldi va tog`li hududlarida sel kelishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi.






