AsosiyJamiyat

Bugundan Toshkentning 5 ta tumanida suv ta`minoti 2 kunga to`xtatiladi

'Bugundan Toshkentning 5 ta tumanida suv ta`minoti 2 kunga to`xtatiladi'ning rasmi

2021 yil bahorgi-yozgi mavsumga tayyorgarlik bo`yicha katta hajmli suv o`tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta`mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan «Toshkent shahar suv ta`minoti» MChJ iste`molchilarga ichimlik suv bosimining pasayishi va vaqtincha to`xtatilishi haqida ma`lum qildi. 
Shunga ko`ra quyidagi hududlarda 2 kun davomida suv ta`minoti uziladi:
 

5 aprel  soat 09.00 dan 7 aprel soat 09.00 gacha

 – Yashnobod tumani bo`yicha: «Katta Olmos», «Iqbol», «O`rtamasjid», «Mumtoz», «Katta Qo`yliq», «Qo`yliq Obod», «Uysozlar», «Tarnovboshi», «Yangiqo`rg`on», «Bexizor» mahallalari, Uysozlar tor ko`chalari bilan birga, Tolariq tor ko`chalari bilan birga, Mumtoz tor ko`chalari bilan birga, Ohangrabo tor ko`chalari bilan birga, Tabibiy tor ko`chalari bilan birga, Tabassum tor ko`chalari bilan birga, Latofat tor ko`chalari bilan birga, Bunyodkor tor ko`chalari bilan birga, Nigora tor ko`chalari bilan birga, Shohsanam tor ko`chalari bilan birga, Charos, Saodat, Muloyim, Tabarruk ko`chalarida, To`yona mavzesi 2, 3, 4, 6, 7, 8, 9 dahalari, Markaziy Qo`yliq mavzesi 1, 1-a, 2, 2-a, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10-a, 10-b - sonli ko`p qavatli uylarda, Uysozlar mavzesi, 28 va 29- sonli oilaviy shifoxonalarida.

        – Bektemir tumani bo`yicha: «Abay», «Bektemir», «Oltintopgan», «Husayn Bayqaro», «Majnuntol», «Mirishkor», «Rohat», «Zilola», «Iqbol», «Chashma», «Nurafshon» mahallalari, Porloq ko`chasi, Suvsoz dahasi -1, 2- mavzelarida.

        – Mirobod tumani bo`yicha: «Qo`yliq ota», «Barotxo`ja», «Parvona», «Bayot», «Chinor», «Yangi Qo`yliq», «Yuksalish», «Fayziobod», «Oq uy», «Ziyonur», «Tolariq» mahallalarida, Qo`yliq mavzesi 1, 2, 3, 4 - dahalarida, Fayziobod, Bilimdon ko`chalari, “Hayot” va “Daniel Xil” mehmonxonalarida.

          – Sergeli tumani bo`yicha: «Qo`shqo`rg`on», «Xonobod», «Quruvchilar», «Ziyokor»,  «Madaniyat», «Shukur Burxonov» mahallalarida.

2. Suv bosimi kamayadi: Sergeli tumani bo`yicha:  «Qumariq», «Qipchoq», «Nurhayot», «So`g`diyona», «Daryo bo`yi», «No`g`ay Qo`rg`on», «Viqor», «Bunyodobod», «Ziynat», «Yo`ldosh», «Navqiron», «Ittifoq», «Ezgulik», «Madadkor», «Habibiy», «Tashabbus», «Yangi Umid», «Oriyat», «Marxamat» mahallalarida.

         – Yangixayot tumani bo`yicha: «Olchazor», «Charag`on», «Do`stlik», «Yorqin» mahallalarida, tuman Prokuraturasida.

    Boshqa yangiliklar