Texron tayms xalqaro yangiliklar portalining bergan ma`lumotlariga ko`ra, Jahon hunarmandlari tashkiloti (World Crafts Council) Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo`limi Prezidenti Gada Xijjavi Kaddumi (Ghada Hijjavi Caddumi) koronavirusdan vafot etdi.
Bu haqda xabar bergan Qo`qon shahar hokimligi Qo`qon hunarmandchiligini jahon miqyosida tan olinishi, Xalqaro hunarmandchilik festivalini tashkil etish va o`tkazishga ulkan hissa qo`shgan Gada Kaddumi xonimning yaqinlariga chuqur ta`ziya izxor etib, hamdardlik bildirgan.






