AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bolalar nega koronavirusga qarshi emlanmayapti? Mas`ul javob berdi

'O`zbekistonda bolalar nega koronavirusga qarshi emlanmayapti? Mas`ul javob berdi'ning rasmi

Guvohi bo`layotganimizdek, yurtimizda koronavirusni yuqtirish holati bolalarda ham uchramoqda. Ammo bolalarni nega emlanmayotgani ota-onalarda qiziqish uyg`otmoqda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o`rinbosari Botir Qurbonovning aytishicha, bolalar o`rtasida ham kasallanish holatlari kuzatilayotgan bo`lsa-da, dunyo olimlari, nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan yaratilayotgan vaksinalar bolalar o`rtasida foydalanish mumkinligi hozircha tasdiqlanmagan.

Ayni paytgacha tayyor bo`lgan yoki JSST tomonidan favqulodda holatlarda foydalanishga ruxsat etilgan vaksinalar bilan bolalarni emlash hozircha ko`zda tutilmagan. Shuning uchun 1 apreldan boshlangan emlash tadbirlarida 18 yoshgacha bo`lgan bolalarni emlashga tavsiya etilmayapti.

Shunday ekan, ota-onalardan farzandlari sog`lig`iga yanada e`tiborliroq bo`lish talab etiladi. Ularning gigiena qoidalariga amal qilishini nazoratda tutish, sport bilan shug`ullanishini tashkillashtirish, taomnomada vitaminlarga boy bahoriy mahsulotlar bo`lishiga ahamiyat qaratish lozim.

    Boshqa yangiliklar