Prezident tomonidan «O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o`tash tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida»gi qaror imzolandi.
Nizomga kiritilgan o`zgartirishlarga muvofiq kontrakt bo`yicha harbiy xizmatchilar tarkibidan bo`lgan oliy harbiy ta`lim muassasalari kursantlarining o`qish davrida quyidagilarni olishga oid huquqlari bekor qilindi:
- berilgan harbiy unvonlar bo`yicha maoshi;
- oxirgi egallab turgan asosiy lavozimi bo`yicha lavozim maoshi;
- xizmat yillari uchun ustama;
- maxsus moddiy rag`batlantirish jamg`armasi hisobidan har oylik ustama;
- qo`shinni jangovar holatda ushlab turganlik uchun bir yo`la to`lanadigan pul mukofoti;
- uzluksiz harbiy xizmati uchun bir yo`la to`lanadigan pul mukofoti;
- moddiy yordam.
️Kontrakt bo`yicha harbiy xizmatchini komandir (boshliq)ning ixtiyoriga o`tkazish hamda tashkiliy-shtat tadbirlari o`tkazilishi yoki boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan lavozimdan bo`shatilganda ikki oydan ko`p bo`lmagan muddatda quyidagi to`lovlar to`lanadi:
- harbiy unvon maoshi;
- oxirgi egallab turgan asosiy lavozimi bo`yicha lavozim maoshi;
- xizmat yillari uchun ustama, maxsus moddiy rag`batlantirish jamg`armasi hisobidan ustama (15 foizgacha);
- biryo`la to`lanadigan pul mukofoti;
- oziq-ovqat payogi va turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun pul kompensasiyasi.






