AsosiyJamiyat

Qarshi shahridagi 7 ta mahalla xonadonlari va ko`p qavatli uylarning yuqori qavatlariga suv etkazib berishdagi muammo o`rganildi

'Qarshi shahridagi 7 ta mahalla xonadonlari va ko`p qavatli uylarning yuqori qavatlariga suv etkazib berishdagi muammo o`rganildi'ning rasmi

Qarshi shahri markazidagi “Kurant” chorrahasida joylashgan ichimlik suv quvurining 200 metr uzunlikdagi qismi uzoq yillardan buyon yorilgan holatda bo`lganligi aniqlandi. Shu sabab tufayli shaxar aholisi yashaydigan 7 ta maxalla xonadonlari xamda ko`p qavatli uylarning yuqori qavatlariga suv etkazib berishda jiddiy muammolar paydo bo`lgan.

Vaziyatni bartaraf etgan "Zarbuloq injiniring" korxonasi vakili Abror Yusupov Qarshi shahridagi 2020 yil 9-13 dekabrdagi favqulodda vaziyat bo`yicha ma`lumot berdi.

«200 metrlik shikastlangan suv quvuri ustida katta obodonlashtirish ishlari olib borilgan edi. Bu esa quvurlarni yangisiga almashtirish uchun to`siq bo`lib turgandi. Shu masalada viloyat rahbari, Uy-joy kommunal xizmat Vazirligi, shahar hokimligi va "Suvoqova" tashkiloti o`tkazgan yig`ilishda korxona taklif qilgan shikastlikni qayta tiklashdagi texnologiya tanlandi. Bunda katta xajmda er kovlash ishlarini bajarishga xojat yuqligi va qilingan obodonchilik ishlari saqlanib qolishi inobatga olindi. Vaziyatni bartaraf qilish ishlariga 4 kun muhlat olinib, zudlik bilan tamirlash ishlari boshlab yuborildi. Kechayu-kunduz ter to`kildi. Ishchilar yotog`i, ovqati, texnika xavfsizligi va boshqa masalalar tezkor hal qilindi. Quvurni qayta tiklash ishlari 4 kundan so`ng to`liq tugatildi.

Qayta tiklangan quvur bosim ostida berilgan suvni barcha parametrlarini saqlanishini taminladi. O`tgan vaqt mobaynida olib borilgan suv bosimi va boshqa parametrlar kuzatuvi quvurni 100 foiz qayta tiklanganligidan dalolat bermoqda».

    Boshqa yangiliklar