AsosiyJamiyat

O`rtachirchiq tumanida er sotmoqchi bo`lgan aka-uka firibgarlar ushlandi

'O`rtachirchiq tumanida er sotmoqchi bo`lgan aka-uka firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, aka-uka R.B.lar fuqaro S.ning ishonchiga kirib, ularga O`rtachirchiq tumanida joylashgan qishloq xo`jaligi yo`nalishida vaqtincha foydalanish uchun topshirilgan  42 sotix er maydonini 35 000 AQSh dollariga sotishni rejalashtirib, tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan aka-ukalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar