Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Mehnat organlari xodimlarining malakasini oshirish respublika kurslari mansabdor shaxslari, “A” xususiy korxonasi rahbari va boshqalar oldindan til biriktirib, o`rtacha bozor bahosi 338,4 mln so`mni tashkil etuvchi 126 dona turli maishiy texnika vositalarini 653,1 mln so`mga ya`ni, 314,7 mln so`mga qimmat narxlarda xarid qilishib, byudjet mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






