AsosiyJamiyat

Surxondaryoda ayolni qayniukasi tomonidan doimiy zo`rlanib kelingani yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

'Surxondaryoda ayolni qayniukasi tomonidan doimiy zo`rlanib kelingani yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati, Jarqo`rg`on tumanida yashovchi fuqaro Z.Xolmurodovaning turmush o`rtog`i va qayniukasining harakatidan norozi bo`lib, yo`llagan videomurojaati tarqaldi. 

Viloyat prokuraturasi holatni o`rganib, aniqlanishicha, P.Ergashev yangasi Z.Xolmurodovani haqorat qilganligi va  unga engil tan jarohati etkazganligi yuzasidan JIB Jarqo`rg`on tuman sudining 12.02.2021 yildagi qaroriga ko`ra, P.Ergashevga nisbatan MJtKning 41-modddasi (haqorat qilish) hamda 52-moddasi (engil tan jarohati etkazish) 2-qismi bilan jarima jazosi tayinlangan.

Bundan tashqari, fuqaro  Z.Xolmurodovaning murojaatida bayon qilingan turmush o`rtog`i Ch.Normatov va qayniukasi P.Ergashevlar tomonidan zo`rlik ishlatib, doimiy ravishda jinsiy aloqada bo`lganligi holati yuzasidan Jarqo`rg`on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilgan.

Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko`ra, murojaatda bayon qilingan holatlarda biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi  aniqlanmaganligi sababli 30.03.2021 yilda O`zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Shu bilan birga, Z.Xolmurodova va Ch.Normatovlarni sha`riy nikohlagan X.Tga nisbatan MJtKning 240-moddasi (diniy tashkilotlar to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish)1-qismi bilan ma`muriy ish qo`zg`atilib, mazmunan ko`rib chiqish uchun 30.03.2021 yilda JIB tuman sudiga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar