Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentga mashhur tabib Ali Maxmud Hasan keldi” nomli turli xil ma`lumotlar tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan IIV rasmiy murojaat bilan chiqdi.
"Mulla Mahmud Hasan ismli shaxs muqaddas Qur`on oyatlarini o`qigan holda tibbiyotda davolash imkoni bo`lmagan (falaj, ko`zi ojiz) kasalliklarni davolaganligiga oid ma`lumotlar tarqatib, tarmoq foydalanuvchilarining e`tiborini o`ziga tortib kelmoqda.
Ushbu video tarmoq foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo`lib, shov-shuvga aylanib borayotgan, fuqarolarni tez to`planib qolishiga olib kelayotgan holatlari kuzatilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma`lumotlarga ishonmasliklaringizni hamda karantin qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz, deyiladi IIV Axborot xizmati xabarida.
Mavzuga doir:
SSV O`zbekiston aholisini soxta tabiblarga ishonmaslikka chaqirdi