AsosiyJamiyat

Yunusobod IIBdan ham fuqaroning o`ligi chiqqani aytilmoqda. Rasmiy ma`lumot berildi

'Yunusobod IIBdan ham fuqaroning o`ligi chiqqani aytilmoqda. Rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda 41 yoshli Aleksandr Bocharov Yunusobod tumani IIO FMB 3-sonli IIBga joriy yilning 1 aprel kuni keltirilganidan so`ng olgan tan jarohatlari tufayli vafot etganligi haqida xabar tarqalmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma`lumotlarni taqdim etdi. 
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 1 aprel kuni soat 21.00 larda muqaddam to`rt marotaba sudlangan Aleksandr Bocharov va yana ikki nafar fuqaro: muqaddam sudlanganlar 1979 yilda tug`ilgan L.Dmitriy va 1970 yilda tug`ilgan L.Anatoliylar bilan so`rov olib borishlik uchun Yunusobod tumani 3-sonli IIBga keltirilgan. O`rtacha hisobda 45 daqiqa davom etgan so`rovdan so`ng uchchala shaxs qo`yib yuborilgan, shu jumladan Bocharov Aleksandr ham. 2 aprel kuni ertalab soat 4.00-4.30 darda 30-uyning oldida Bocharov Aleksandrning murdasi topilgan. O`lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Respublika ilmiy-amaliy sud-tibbiyot markazi hududiy filiali tomonidan berilgan birlamchi ma`lumotga ko`ra, marhumning bir nechta kasalliklari bo`lgan, xususan, yurak ishemik kasalligi, gematogen sil, poliorgan etishmovchiligi, ikki tomonolama o`pka plevriti, bosh miya va o`pka ishishi, surunkali gepatit, giyohvandlik, alkogoldan zaharlanish.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. 

"Mas`ul tashkilotlarning rasmiy izohini olmasdan turib, oldindan xulosa chiqarmasligingizni so`raymiz", - deyiladi rasmiy xabarda.

 

Eslatib o`tamiz, kuni kecha Farg`onada IIB binosidan o`ligi chiqqan 20 yoshli yigit bo`yicha ma`lumot berilgan edi. 
 

    Boshqa yangiliklar