AsosiyJamiyat

Yo`l harakati xavfsizligi xizmati tizimiga zamonaviy qurilmalar joriy etilmoqda

'Yo`l harakati xavfsizligi xizmati tizimiga zamonaviy qurilmalar joriy etilmoqda'ning rasmi

Yo`l harakati xavfsizligi xizmati tizimiga zamonaviy avtomatik tarzda ishlovchi qurilmalar joriy etilmoqda. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Hozirda foydalanilayotgan maxsus fotovideofiksasiya qurilmalari bilan birgalikda endilikda viloyat Ichki ishlar boshqarmasining maxsus transport vositalari va profilaktika inspektorlarining shaxsiy avtomobillariga viloyat hokimligi ko`magi bilan maxsus avtomatik ravishda qoidabuzarliklarni aniqlab, qayd etuvchi videoregistrator qurilmalari o`rnatilmoqda.

Ushbu qurilmalar yo`llarda boshqa transport vositalarini tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlik avtomatik ravishda qayd qilish bilan birgalikda o`rnatilgan avtomobilning ham sodir etgan qoidabuzarliklarni avtomatik ravishda qayd etadi va avtomatik ravishda maxsus dyhxx.ejarima.uz saytiga onlayn tizim orqali yuboradi.

Maxsus saytga yuborilgan qoidabuzarliklar qayd etilgan tasvirlarni Yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan ko`rib chiqiladi va qoidabuzarlik to`g`risida qaror qabul qilinadi.

Hurmatli haydovchilar, yo`l harakati qoidalariga qat`iy amal qilishingizni so`raymiz. Zero, qoidalarga amal qilmaslik natijasida ko`ngilsiz holatlar sodir bo`lishi yoki oilaviy byudjetingizga zarar keltirishingiz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar