2021 yil 1 iyuldan shaxslarni profilaktik hisobga olishning elektron tizimi joriy etiladi. Bk haqda Huquqiy axborot kanali ma`lum qildi.
“Xavfsiz ta`lim muassasasi” tamoyili asosida tuman, shahar ichki ishlar organlari tarkibida 2 000 ta shtat birliklaridan iborat voyaga etmaganlar masalalari bo`yicha inspektor-psixolog lavozimlari joriy etiladi hamda ular bevosita umumiy o`rta ta`lim muassasalarida xizmat o`taydi.
2021–2023 yillar davomida jazoni ijro etish tizimini raqamlashtirish orqali sohada inson omilini istisno etish va jazoni o`tashning tartibotini ta`minlash maqsadida:
➖ jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida qat`iy intizom va qonuniylikni ta`minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, shuningdek, mahkumlarni saqlash holati ustidan nazorat olib borish jarayonlari to`liq avtomatlashtiriladi;
➖ jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar, shu jumladan ularning qarindoshlari tomonidan qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarni erkin bozor mexanizmlariga asoslangan elektron do`konlar orqali sotib olish imkoniyati yaratiladi;
➖ har bir mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi ma`lumotlar elektron bazasi yuritiladi va uning asosida mahkumlarni taqsimlash jarayoni to`liq raqamlashtiriladi.
Shuningdek, 2021 yil yakuniga qadar quyidagilar yaratiladi:
ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining elektron ma`lumotlar bazalarini yagona platforma negizida birlashtirish asosida “E-ichki ishlar organlari” markazlashgan axborot tizimi;
Ichki ishlar vazirligining Ma`lumotlarni qayta ishlash yagona markazi.
Qaror bilan shuningdek, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.






