AsosiyJamiyat

Nurobod tumaniga ayol kishi prokuror etib tayinlandi

'Nurobod tumaniga ayol kishi prokuror etib tayinlandi'ning rasmi

Nurobod tumani hokimligida huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari hamda faollar ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda tashkiliy masala ko`rilib, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug`i bilan Soyipova Norsuluv Raximovna Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi. 

N.Soyipova 1979 yilda Kattaqo`rg`on tumanida tug`ilgan, ma`lumoti oliy - huquqshunos. 2001 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Samarqand tumani prokuraturasida boshlab, 2019 yildan buyon Samarqand shahar prokurorining katta yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar