AsosiyJamiyat

Xodimlari norozilik namoyishi uyushtirgan Qonliko`ldagi 1-sonli DMTT direktori lavozimidan olindi (video)

'Xodimlari norozilik namoyishi uyushtirgan Qonliko`ldagi 1-sonli DMTT direktori lavozimidan olindi (video)'ning rasmi

Joriy yilning 31 mart kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonliko`l tumani 1-sonli davlat maktabgacha ta`lim tashkilotining xodimlari tomonidan tashkilot rahbarini lavozimdan olish uchun ko`chada namoyish uyushtirilgan video lavhalari jamoatchilikka keng tarqaldi.

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikkasi maktabgacha ta`lim vazirligining Ichki audit xizmati tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonliko`l tumani davlat maktabgacha ta`lim tashkilotida 2021yil  yanvar oyida o`rganish o`tkazildi. Bu haqda Maktabgacha ta`lim vazirligi Axborot xizmati xabar qildi. 

Aniqlanishicha, 1-sonli DMTTning direktori E.Bekbergenovaning o`z lavozimida 31.01.2018 yildan 21.12.2020 yilga qadar ishlab kelgan. Direktorning ustidan xodimlar tomonidan kelib tushgan shikoyatlarni o`rganish maqsadida Ishchi guruh shakllantirildi.

O`rganish davomida MTT rahbari tomonidan 399,2 mln. so`mlik moliyaviy xato-kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi ma`lum bo`ldi. Jumladan:

DMTTga har xil lavozimlarga ishga rasmiylashtirilgan 5 nafar fuqarolar DMTTda ishlamagan va vazifa bajarmagan bo`lsada, ularning nomiga 24,0 mln. so`m ish haqi yozilib to`langan;

2018-2021 yillarda 33 nafar xodimlarning mutaxassisligi to`g`ri kelmasada qo`shimcha ish vazifalari noto`g`ri yuklanib hamda ushbu vazifalar bajarilmagan bo`lsada, ularga 28,9 mln.so`m ish haqi ortiqcha to`langan.

16 nafar xodimlarga 1,0 birlikdan ortiq ish vazifalar yuklanib, ish vazifalar uchun to`langan 46,9 mln.so`m ish haqi xodimlarning tushuntirish xatlariga ko`ra CLICK xizmati orqali DMTT musiqachisi va DMTT direktori E.Bekbergenovaning plastik kartochkasiga o`tkazib berilgan hamda shundan 8,5 mln.so`m ish haqi haqiqatda bajarilmagan ish xajmi uchun to`langan.

DMTTda 1,0 birlikda metodist lavozimida ishlagan G.Otepovaga 2020 yil yanvar va fevral oylarida mehnat qonunchilikda zid ravishda tuman MTB tomonidan qo`shimcha 0,5 birlik ish yurituvchi va 0,5 birlik sektor boshlig`i vazifalari yuklatilgan va 838,5 ming so`m o`rindoshlik uchun ortiqcha to`langan, G.Otepovaga 2019 yil noyabrdan 2020 yil fevral oyigacha DMTTdagi metodist vazifasi uchun to`langanligi rasmiylashtirilgan ish haqining 60 foizi 7,1 mln.so`m DMTT direktori E.Bekbergenovaning plastik kartochkasiga CLICK xizmati orqali o`tkazib kelingan.

 DMTT direktori tomonidan 3,63 birlik shtat birliklariga xodim olmasdan va bo`sh ish o`rni bo`yicha tegishli mehnat organlariga hisobotlar topshirmasdan mehnat qonunchiligi buzilgan.

DMTT direktori E.Bekbergenova tomonidan 1 ta tarbiyachi yordamchiga
2018 yil oktyabr oyidan 2019 yil dekabr oyigacha o`zining uyida har xil turdagi maishiy ishlarni, 2 ta qorovulga 2020 yil 5 oy davomida o`zining eski uyini buzdirib yangi uy qurdirgan bo`lsada, ushbu davr mobaynida ish vazifasini bajarmagan 2 ta qorovulga va 1 ta tarbiyachi yordamchiga byudjet hisobidan jami 16,1 mln. so`m ish haqi ortiqcha to`langan va DMTT uchun ajratilgan shtat birliklaridan o`z manfaat yo`llarida foydalangan.

   Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan mehnatga haq to`lash me`yorlariga amal qilinmasdan 1,9 mln. so`m ish haqi ortiqcha to`langan.

Oziq-ovqat mahsulotlarini kunlik taomnomalarga qo`shib yozish natijasida 7,3 mln. so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari asossiz hisobdan chiqarilgan.

2018-2020 yillarda 5,7 mln. so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari me`yordan ko`p taomnomaga kiritilib, ortiqcha hisobdan chiqarilgan.

DMTT moddiy javobgar shaxsi tomonidan hamda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlari nazorat tashkil etilmaganligi natijasida 5,2 mln. so`mlik oziq-ovqat va 50,9 mln. so`mlik tovar-moddiy boyliklar kamomadi hamda 0,7 mln. so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari ortiqchaligiga yo`l qo`yilgan.

DMTT ombor mudiri va oshpazlari tushuntirish xatlariga ko`ra, DMTTda 2018-2020 yillarda taomnomada yozilgan go`sht va sut mahsulotlarining yarimi ya`ni 4932 kg 159,6 mln.so`mlik go`sht hamda 15 504,5 litr 53,1 mln.so`mlik sut mahsulotlari qozonga solinmagan. 

O`rganish hujjatlari qonuniy qaror qabul qilish uchun O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Qoraqalpog`iston Respublikasi Qonliko`l tuman bo`limiga topshirilgan. Shuningdek, vazirlik buyrug`iga asosan 21.12.2020 yil lavozimidan ozod etildi.

24-25 mart kunlari sud qaroriga asosida E.Bekbergenova lavozimiga qayta tiklangan. Shundan so`ng, MTT xodimlari o`z norozilik namoyishlarini uyushtirgan.

5 aprel kuni Qoraqolpog`iston Respublikasi MTVning ma`lum qilishicha 1-son MTT direktori E.Bekbergenova qayta lavozimidan chetlashtirildi.

 

    Boshqa yangiliklar