Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqandga mashhur tabib Ali Mahmud Hasan keldi” nomli turli hil ma`lumotlar tarqalmoqda.
Mazkur xabarlar yuzasidan Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati aholiga murojaat bilan chiqdi.
"Mulla Mahmud Hasan ismli shaxs muqaddas Qur`on oyatlarini o`qigan holda tibbiyotda davolash imkoni bo`lmagan (falaj, ko`zi ojiz) kasalliklarni davolaganligiga oid ma`lumotlar tarqatib, tarmoq foydalanuvchilarining e`tiborini o`ziga tortib kelmoqda.
Sog`liqni saqlash vazirligi ham bu kabi noodatiy yo`llar bilan davolashni taklif qilayotgan ayrim soxta tabiblar ta`siriga tushib qolishdan ehtiyot bo`lishga chaqirgan edi.
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov ham videomurojaat bilan chiqib, yurtdoshlarimizni tabibga aldanib qolmaslikka chaqirdi.
Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma`lumotlarga ishonmasliklaringizni hamda karantin qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz", - deyiladi IIB xabarida.






