AsosiyJamiyat

Suvdan foydalanish va suv iste`moli to`g`risidagi hisobotlar elektron shaklda yuritiladi

'Suvdan foydalanish va suv iste`moli to`g`risidagi hisobotlar elektron shaklda yuritiladi'ning rasmi

Hukumat qarori  bilan Suvdan foydalanish va suv iste`molida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko`ra, suvdan foydalanish va suv iste`molida cuv resurslarining hisobini yuritishning shaffof tizimi joriy etiladi.

Nizom bilan suv resurslarining hisobotini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etiladi, shuningdek sohada monitoring yuritiladi.

 Suvdan barcha maxsus foydalanuvchilar va maxsus suv iste`molchilari suvdan foydalanish va suv iste`moli to`g`risidagi hisobotlar elektron shaklda yuritiladi.

️ Suv olish joylari “onlayn” rejimda ishlaydigan raqamli qurilmalar bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi va ma`lumotlarni uzatish bo`yicha dasturiy ta`minlanadi.

Ushbu nizom 2021 yil 1 oktyabrdan amalga kiritiladi.

Ma`lumot uchun: Nizom qoidalari kommunal suv ta`minoti tizimidan suv oluvchi suvdan foydalanuvchilar va suv iste`molchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

    Boshqa yangiliklar