AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya Tokio Olimpiadasida qatnashishdan bosh tortdi. Sabab...

'Shimoliy Koreya Tokio Olimpiadasida qatnashishdan bosh tortdi. Sabab...'ning rasmi

Shimoliy Koreya Tokioda bo`lib o`tadigan Yozgi Olimpiya o`yinlarida qatnashmaydi, deb xabar berdi Renhap agenligiga tayanib Interfax. Xabarda aytilishicha, bu qaror 25 mart kuni Pxenyanda bo`lib o`tgan Shimoliy Koreya Olimpiya qo`mitasi Bosh assambleyasi yig`ilishida qabul qilingan.

Agentlikning ta`kidlashicha, KXDRning Olimpiadada qatnashishdan bosh tortishi o`z sportchilarini global koronavirus pandemiyasidan himoya qilish istagi bilan bog`liq.

"Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bizning sportchilarimizni koronavirus bilan bog`liq global sog`liqni saqlash inqirozidan himoya qilish uchun 32-Olimpiadada ishtirok etmaslikka qaror qildi",– deya agentlik Shimoliy Koreyaning sport portalining so`zlarini keltirgan.

Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o`yinlari 2020 yil yozida bo`lib o`tishi kerak edi, ammo pandemiya sababli ular 2021 yilga qoldirilgandi. Olimpiada 23 iyuldan 8 avgustgacha, Paralimpiya 24 avgustdan 5 sentyabrgacha bo`lib o`tadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar