Hukumat qarori (186-son, 05.04.2021 y.) bilan O`zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Filial O`zbekiston davlat konservatoriyasining yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.
Milliy musiqa san`ati sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega bo`lgan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Filialda o`quv jarayoni 2021/2022 o`quv yilidan boshlanadi.
Filialga talabalarni bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha qabul qilish ko`rsatkichlari har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan OTMga o`qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Filialning 2021/2022 o`quv yili uchun bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha qabul jarayoni va ijodiy imtihonlari O`zbekiston davlat konservatoriyasida o`tkaziladi.






