Andijon va Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarorlari (187, 188-son, 06.04.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.
Qaror bilan Andijon hamda Buxoro davlat universitetlari pedagogika institutlarining asosiy vazifalari belgilandi.
Mazkur Institutlarda o`quv jarayoni 2021/2022 o`quv yilidan boshlanadi.
️2021/2022 o`quv yilidan ushbu universitetlarda pedagogika ta`lim sohasining bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo`yicha qabul to`xtatiladi.
Shuningdek, o`quvchilarni pedagogik kasbga yo`naltirish maqsadida Andijon va Buxoro viloyatlari etakchi ta`lim muassasalarining 10 tasida quyidagilar tashkil etiladi:
● 3–4-sinf o`quvchilari uchun “O`qish va matematik savodxonlik bo`yicha sinflar”;
● 8–9-sinf o`quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo`yicha sinflar”;
● 10–11-sinf o`quvchilari uchun “Pedagogik sinflar”.
Eslatib o`tamiz, mazkur Pedagogika institutlari Prezident qarori (https://t.me/huquqiyaxborot/6571) (PQ–4623-son, 27.02.2020 y.) bilan tashkil etilgan.






