AsosiyJamiyat

Din ishlari qo`mitasi Haj va umra safari bilan bog`liq xabarlarga munosabat bildirdi

'Din ishlari qo`mitasi Haj va umra safari bilan bog`liq xabarlarga munosabat bildirdi'ning rasmi

So`nggi kunlarda internet saytlari va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali "Saudiya Arabistoni Ramazon oyida COVID-19 ga qarshi emlangan ziyoratchilarga haj safari uchun ruxsat beradi" kabi mazmundagi xabarlar tarqalmoqda.

Mazkur xabarlarga Din ishlari bo`yicha qo`mita munosabat bildirdi. 

"Avval xabar berilganidek, hozirda Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi sababli qat`iy karantin cheklovlari joriy etilgan.

Shu o`rinda, Haj va Umra tadbirlari borasidagi yangiliklar hamda tashkiliy ishlar masalasida Din ishlari bo`yicha qo`mita Saudiya Arabistoni rasmiylari hamda Haj va Umra ishlari bo`yicha Attashe bilan muntazam aloqa o`rnatgan.

Shundan kelib chiqib, quyidagilarni ma`lum qilamiz:

 Aslida, 2021 yil RAMAZON oyida Umra qilish, namoz o`qish va ziyoratga kelish uchun ruxsatnoma olish tartibi va sog`liqqa qo`yiladigan talablar e`lon qilingan, unga ko`ra, vaksinasiya qilingan va to`liq immunitetga ega bo`lgan fuqarolar mazkur amallarni bajarish uchun Baytullohga kirishlari mumkin;

Mazkur cheklovlar Ramazon mavsumiga taalluqlidir.

 Eslatib o`tamiz, Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish bo`yicha Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan hozirga qadar hech qanday rasmiy qaror e`lon qilinmagan.

Hurmatli yurtdoshlar!

Haj va umra ziyoratlari bilan bog`liq asosli ma`lumotlar Din ishlari bo`yicha qo`mitaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali e`lon qilinadi", deyiladi qo`mita Axborot xizmati xabarida. 

 

 

    Boshqa yangiliklar