Nega ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining klinik sinovlari oxiriga etmasdan turib, vaksinadan foydalanishga ruxsat berildi? Ko`pchilikni qiynayotgan ushbu savolga Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiya markazining laboratoriya mudiri Dilbar Dolimova javob beradi:
- E`tibor bergan bo`lsangiz, COVID-19 virusiga qarshi yaratilgan vaksinalarning hech birining to`liq klinik sinovlari tugamagan. Butun dunyoda pandemiya sharoitida favqulodda qo`llash uchun ruxsatnoma berish tartibi mavjud. Favqulodda qo`llash uchun ruxsatnoma xali ro`yxatdan o`tmagan dori vositasini tibbiy favqulodda vaziyatlar davrida qo`llash uchun ruxsat berilish holati hisoblanadi. Vaksinasiya olib borilayotgan barcha davlatlarda ushbu tamoyil asosida vaksinalar ro`yxatga olinmoqda.
Xuddi shuningdek O`zbekistonda ham COVID-19 pandemiyasini nazorat qilish uchun favqulodda qo`llash tamoyiliga amal qilindi. Bunda ZF-UZ-VAC 2001 vaksina sinovining I va II faza xavfsizlik ma`lumotlari va III fazada vaksina olganlarning kamida 50 % 2 oy davomida kuzatilganligi, hamda natijalar mazkur vaksinaning nisbatan yuqori xavfsizlik profiliga ega ekanligini ko`rsatdi. Shu sababdan ham ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasini O`zbekiston va Xitoyda favqulodda qo`llash uchun ruxsat berildi.






