AsosiyJamiyat

AstraZeneca ikki marta, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi esa uch marta qabul qilinadi — mutaxassis

'AstraZeneca ikki marta, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi esa uch marta qabul qilinadi — mutaxassis'ning rasmi

Mamlakatimizda o`tkazilayotgan vaksinasiya, aholini ommaviy emlash tadbirlari bo`yicha SSV Matbuot xizmati savollariga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati  rahbari o`rinbosari Botir QURBONOV javob berdi.

— Ayni paytda mamlakatimizda qancha vaksina bor va to`liq emlanish uchun necha marta vaksina qabul qilish kerak?

— Butun dunyo, xususan, mamlakatimizda bir yildan ortiq davom etayotgan pandemiya davri jamiyatimizga  o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmay qolmayapti.  

Yuqumli kasalliklar bo`yicha eng samarali profilaktika bu — vaksinasiya, aholini ommaviy emlash hisoblanadi. Dunyoning ko`pgina mamlakatlari qatorida o`tgan yil dekabr oyidan boshlab yurtimizda ham aholini ommaviy emlash jarayonlariga tayyorgarlik boshlab yuborilgan edi.

Xabaringiz bor, Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd kompaniyasi tomonidan yurtimizda 3-bosqich sinovlari muvaffaqiyatli o`tgan, o`zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 million dozasi Xitoydan olib kelingan edi.  

Bundan oldinroq esa, COVAX global hamkorligi doirasida 660 ming doza “COVID-19”ga qarshi  AstraZeneca vaksinasi  ham olib kelinganligi haqida xabar bergan edik.Shu kunlarda qizg`in davom etayotgan  vaksinasiya jarayonlari uchun jami 1 million 660 ming doza miqdoridagi vaksinadan foydalanilmoqda.

Fuqarolar AstraZeneca vaksinasini ikki marta, ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini esa uch marta qabul qilgach, to`liq emlangan hisoblanadi.  Fuqarolar qaysi vaksina bilan emlanishni o`zlari tanlashi mumkin.  

Eslatib o`tamiz, aprel oyining boshidan beri 35 ming nafardan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi. Shu kunga qadar emlanganlar orasida biror marta nojo`ya ta`sirlar kuzatilmagan.

    Boshqa yangiliklar