“Uzbekistan airways” aviakompaniyasi Samarqand – Namangan – Samarqand yo`nalishida muntazam qatnovlarni yo`lga qo`ydi. Bu haqda Trasport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur yo`nalishda parvozlar haftada uch marotaba dushanba, payshanba va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.
HY 047 Samarqand – Namangan 08:05/09:05
HY 048 Namangan – Samarqand 09:55/11:00
Aviachiptalarni kompaniyaning veb-saytida (https://www.uzairways.com/ru), "Uzbekistan airways sales" yoki aviakompaniya agentlarining ofislarida sotib olish mumkin!
Ma`lumot uchun telefon: +998 78 140 02 00






