Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Bir nafar sudya (jinoyat ishlari bo`yicha tuman sud raisi) sudyalik qasamyodini buzgani tufayli vazifasidan ozod etildi.
Yig`ilishda 29 nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish masalasi ham ko`rib chiqilib, faoliyatida kamchiliklarga yo`l qo`ygan 25 nafarini intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi, to`rt nafariga nisbatan rad etildi.
Sudyalar oliy kengashi qaroriga asosan:
- Abrorbek Azimovich Karimov - sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Farg`ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo`yicha sudyasi lavozimiga;
- Baxodirjon Baxtiyorovich Ergashev - sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo`yicha Shahrisabz tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
- Kamoliddin Ravshanovich Murodov - sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik, shundan besh yil muddatga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Denov tuman sudining raisi lavozimiga;
- Qobuljon G`ulomjon o`g`li Abdullaev - sudyalik lavozimida bo`lishning navbatdagi o`n yillik muddatiga Farg`ona viloyati jinoyat ishlari bo`yicha Qo`qon shahar sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.






