Toshkent shahar, Yashnobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, 2020 yilning mart oyidan iyun oyiga qadar 25 yoshli Danil S. tanishlari 33 yoshli Parviz N. va 34 yoshli Aleksandr T.larning ishonchiga kirib, xalqaro onlayn birja orqali yaxshi daromad ko`rishni va`da qilgan.
Bunining uchun Danil Aleksandrdan 45.000 AQSh dollari va Parvizdan 110.000 AQSh dollari olgan. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 4 qismi (“Firibgarlik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.






