AsosiyJamiyat

Profilaktika inspektorlari elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanishda qoida buzganlarni jazolash vakolatiga ega bo`lishi mumkin

'Profilaktika inspektorlari  elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanishda qoida buzganlarni jazolash vakolatiga ega bo`lishi mumkin'ning rasmi

Profilaktika inspektorlari  elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog`liq ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqish va jazo qo`llash vakolatiga ega bo`lishi mumkin.  Bu "Mamuriy javobgarlik to`g`risida"gi kodeksga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha qonun loyihasida ko`zda tutilmoqda, deb yozadi Oliy Majlis quyi palatasining deputati Rasul Kusherbaev.  

Ma`lumki, amalda bu turdagi qoidabuzarliklar bilan Majburiy ijro byurosi organlari shug`ullanib kelgan.  

Deputatning ta`kidlashicha, Qonun loyihasini ko`rib chiqishda deputatlar ushbu vazifalarning profilaktika inspektorlariga o`tkazilishi ulardagi ish ko`lamining oshishi bilan birga korrupsion holatlar ko`payishiga ham sabab bo`lishidan xavotirda  ekanliklarini bildirishgan.  

" - Shaxsan men ham shunday fikrdaman: bu profilaktika inspektorlari o`rtasida o`z  ishini vaqtida bajarishga  ulgurmaslik va korrupsiya holatlari ortishiga olib kelishi mumkin. Kamiga inspektorlarning hammasi ham kommunal qoidalarni yaxshi  biladigan energetiklar emas.

Loyiha hozircha birinchi o`qishda qabul qilindi", - deydi xalq vakili.

 

    Boshqa yangiliklar