Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tuman bo`limi tomonidan fermer xo`jaliklarining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Chinoz kimyo ta`minot” MChJ sobiq rahbari X.K. va ekspeditori I.R.lar oldindan til biriktirib, moddiy javobgarligiga berilgan umumiy qiymati 341,8 mln so`mlik 158,8 tonna ammiakli selitrani, go`yoki 11 ta fermer xo`jaliklariga tarqatilganligi to`g`risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, aslida boshqa shaxslarga sotib yuborib, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.Bu haqda Prokuratura departamenti xabar berdi.
Ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan X.K. va I.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






