AsosiyJamiyat

"Olg'a Murodjon". Namanganda bokschilar ishtirokida fleshmob o`tkazildi (foto)

'"Olg'a Murodjon". Namanganda bokschilar ishtirokida fleshmob o`tkazildi (foto)'ning rasmi

Namangan shahridagi «Uch favvora» xiyobonida «Sportni sev, sport bilan yasha!» shiori ostida viloyatda boks sport turi bo`yicha shug`ullanayotgan yoshlar ishtirokida fleshmob ommaviy sport tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ma`lum qildi.

Mazkur ommaviy sport tadbirini o`tkazishdan asosiy maqsad, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 yanvardagi «Sog`lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» gi Farmoni shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi «O`zbekiston sportchilarini Tokio (Yaponiya) shahrida bo`lib o`tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o`yinlariga tayyorlash to`g`risida»gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash, viloyatda olimpiya harakatini rivojlantirish hamda viloyat aholisining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etishdan iboratdir.

Bugungi kunda viloyatda boks sport turi bo`yicha 100 dan ortiq trenerlar qo`l ostida 3000 nafarga yaqin sportchilar boks bo`yicha shug`ullanib kelishmoqda. Mazkur o`tkazilgan fleshmob tadbirida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi barcha sport va ta`lim muassasalari boks seksiyalarining 800 nafarga yaqin sportchilari va barcha trenerlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, ommaviy sport tadbirida viloyat hokimining turizm va sport masalalari bo`yicha maslahatchisi Botirjon Nuriddinov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig`i Anvarjon Tuychiev, Tokio Olimpiya o`yinlariga yo`llanmani qo`lga kiritgan iqtidorli sportchi Shaxnoza Yunusova hamda uning murabbiysi Islomjon Tojiboevlar so`zga chiqib, Muxtaram Prezidentimizning jismoniy tarbiya va sportga berayotgan alohida e`tiborlari, bunga javoban viloyat sportchilarimizni Xalqaro miqyosida o`tkazilayotgan nufuzli musobaqalardagi natijalari, ayniqsa kuni kecha Toshkent shahridagi «Humo arena» muz saroyida bo`lib o`tgan boks kechasida Namangan o`g`loni, jahon chempioni Murodjon Axmadalievni qo`lga kiritgan natijasi bo`yicha alohida to`xtalib o`tishdi.

    Boshqa yangiliklar