AsosiyJamiyat

Qamashidagi maktabda kovid aniqlangani sir tutilayotgani rostmi? Hokimlik ma`lumot berdi

'Qamashidagi maktabda kovid aniqlangani sir tutilayotgani rostmi? Hokimlik ma`lumot berdi'ning rasmi

Telegram messenjeridagi “Sizdan telegram” kanalida Qashqadaryo viloyati G`uzor va Qamashi tumanlari hududida kovid aniqlanganligi, ammo rasmiy ma`lumotda bu aks etmaganligi aytildi. Tuman hokimligi holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Qamashidagi 14-maktabda 3-sinfning 4 o`quvchisi, 2 ta o`qituvchi, 62-maktabdagi 7-sinfning 3 o`quvchisi, 5-sinfning 6 o`quvchisi va 5 o`qituvchida kovid aniqlangan, deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Zayniddin Eshonqulov ma`lumot berdi:

- Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan ma`lumotlar asoslanmagan, odamlar orasiga vahima tarqatish uchun tarqatilgan xabar. Qamashi tumanida hozirda olingan test natijalariga ko`ra koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan. Toshkent shahrida ta`lim olayotgan bir nafar qamashilik fuqaroda koronavirus aniqlangan va u hozirda uy karantiniga olingan. Kasallik simptomlarsiz kechmoqda.  

Shuningdek, 14 maktab direktori Husniddin Turniyozov va 62 maktab direktori Olim Jalilov bilan suhbatlashdik. Ular ham maktabda koronavirus infeksiyasi yuqtirganligi qayd etilgan o`qituvchi va o`quvchilar yo`qligini bildirishdi.  

-Maktabimizda darslar odatdagi tartibda o`tkazilmoqda, - deydi  maktab direktorlari.

    Boshqa yangiliklar