Urgut tumanida otasi rahbarligidagi fermer xo`jaligi erini firibgarlik yo`li bilan sotmochi bo`lgan o`g`il ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Departament hamda DXXning Urgut tuman bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.E. otasi rahbarligidagi “O.S.” fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan 1,2 gektar er maydonini fuqaro U.S.ning ishonchiga kirib, uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 14 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.