AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 4 aprel kungi kuchli yog`ingarchilik va shamol oqibatida qulagan ikkita katta elektr uzatish tayanchi qayta tiklandi

'Surxondaryoda 4 aprel kungi kuchli yog`ingarchilik va shamol oqibatida qulagan ikkita katta elektr uzatish tayanchi qayta tiklandi'ning rasmi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko`ra, joriy yilning 4 aprel kuni Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida kuchli yog`ingarchilik va shamol oqibatida “Surxon” va “G`uzor” podstansiyalari oralig`idagi 500 kVli L-508 havo elektr uzatish tarmog`ining ikkita tayanchi qulagan edi.

Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining maxsus brigadalari tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida kecha, 7 aprel kuni mazkur tayanchlarni tiklash ishlari to`liq yakunlanib, elektr uzatish tarmog`i qayta tiklandi.  

 

    Boshqa yangiliklar