Ushbu savolga O`zbekistonda ZF-UZ-VAC2001 vaksina sinovlari jarayonlari haqida xabar beruvchi kanal javob berdi.
"Ba`zi vaksinalar bo`yicha (birinchi navbatda tirik viruslar asosida ishlab chiqilgan viruslar) o`tkazilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, eng samarali immunitetni shakllantirish uchun bir odam, bir nechta doza vaksinani olishi kerak. Bu nima uchun muhim? Masalan, qizamiq yoki qizilcha kasalliklariga qarshi vaksinaning birinchi dozasidan so`ng ba`zi odamlarda infeksiyaga qarshi kurashish uchun etarli miqdordagi antitanachalar titri shakllanmaydi, ikkinchi marotaba emlangandan so`ng himoyalanganligiga ishonch hosil qiladigan darajada antitanachalar titri shakllanganiga guvoh bo`lamiz.
Grippga qarshi vaksina esa kattalar va bolalar (6 oy va undan katta) har yili bir dozadan emlanadi. Grippga qarshi vaksinani har yili qayta-qayta qabul qilish kerak, negaki kasallik keltirib chiqaradigan gripp viruslari o`zgarib borishi va aynan u yoki bu mavsumda virusning qaysi turi tarqalishi faollashganidan kelib chiqqan holda grippga qarshi vaksinalar har yili yangilanib turiladi"






