Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma`lum qilishicha, dyhxx.ejarima.uz tizimini modernizasiya qilish va takomillashtirish ishlari amalga oshirilishi sababli tizim 2021 yil 7 aprel kuni soat 22:00dan 11 aprel kuni soat 16:00ga qadar vaqtincha ishlamaydi.
Yozishlaricha, texnik ishlar vaqtida — joriy yilning 9-11 aprel kunlari Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi orqali “0210-MVD oplata shtrafov” xizmatlar etkazib beruvchisiga ma`muriy huquqbuzarliklar uchun to`lanishi lozim bo`lgan jarima to`lovlari qabul qilinmaydi.