AsosiyJamiyat

Hisob palatasi tomonidan 2020 yilda 671 mlrd so`mlik talon-torojlik holatlari aniqlangan

'Hisob palatasi tomonidan 2020 yilda 671 mlrd so`mlik talon-torojlik holatlari aniqlangan'ning rasmi

2020 yilda o`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida davlat byudjeti va jamg`armalari hisobidan ajratilgan 671,3 mlrd so`mlik mablag`lar noqonuniy xarajatlar va o`zlashtirishlar aniqlangan. Jumladan, o`tgan yil davomida Halq ta`limi vazirligi muassasalarida 192,2 mlrd so`mlik moliyaviy xatolik va o`zlashtirish holatlari kuzatilgan. Bu haqda O'zbekiston Milliy matbuot markazi xabar bermoqda. 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlari hisobidan ajratilgan 671,3 mlrd so`mlik mablag`lar noqonuniy xarajatlar, kamomad va o`zlashtirishlar hamda samarasiz xarajatlar, 1 trln so`mdan ortiq xarajatlarni optimallashtirish imkoniyatlari aniqlangan.Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi Hisob palatasining 2020 yilgi faoliyati to`g`risidagi hisobotida ma`lum qilindi.

Ma`lum qilinishicha, Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasidan ajratilgan mablag`lar sarflanishi ustidan Moliya vazirligi bilan hamkorlikda doimiy nazorat o`rnatilib, aniqlangan 23,8 mlrd so`mlik kamomad va noqonuniy xarajatlar hamda ortiqcha moliyalashtirilgan 8,4 mlrd so`m mablag`lar jamg`armaga qaytarilgan.

Shu bilan birga, Halq ta`limi vazirligi muassasalarida 192,2 mlrd so`mlik moliyaviy xato, kamchiliklar va o`zlashtirishlar aniqlangan. Jumladan, Beruniy tumanidagi 420 mln so`mga qurilib foydalanishga qabul qilinganligi ko`rsatilgan 58-maktab filialida umuman qurilish bo`lmaganligi aniqlangan.

Muhokamalarda, shuningdek, hisobotda keltirilgan xalqaro moliya tashkilotlari mablag`lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarda muammolar mavjudligiga ham e`tibor qaratildi. Jumladan, davlat tashqi qarz mablag`larini jalb qilgan holda 2010−2019 yillarda yakunlangan umumiy qiymati 12,6 mlrd dollarlik 81 ta loyihalarning 24 tasida xato va kamchiliklar aniqlangan.

Ayrim loyihalar yillab kechiktirilgan, shuningdek, loyihada ko`zda tutilgan maqsadlar doimiy o`zgartirilgan yoki sifatsiz asbob-uskuna va jihozlar qimmat narxlarda sotib olinganligi, ba`zi loyihalarning samaradorlik ko`rsatkichlari o`ta past darajada hamda loyiha mablag`lari talon-toroj qilinib o`zlashtirilganligi aytib o`tildi.

Boshqa yangiliklar